«Özbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl uçinçi bosqiçidan örin olgan Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi katta boks keçasi poyoniga yetdi. Unda Özbekistonning “Uzbek Tigers” jamoasi  Rossiya Federatsiyasining “Patriot Boxing Team” jamoasiga qarşi kuraş olib bordi.

Musobaqa reglamentiga köra, boksçilarning har biri 3 daqiqadan beş raund ringga çiqişdi. 

Boks keçasining sönggi jangida Rio-2016 Olimpiada öyinlari ğolibi Hasanboy Dösmatov 49 kg vazn toifasida rossiyalik raqibi Bator Sagaluyevga qarşi ringga kötarildi. Qayd etiş joizki, bu Hasanboyning Braziliyadagi şonli yurişidan sönggi ringga ilk qaytişidir. 

Hakamlarning yakdil qaroriga köra, Hasanboy Dösmatov ğalaba qozondi.

Eslatib ötamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi çempionatining VII fasl uçinçi bosqiç tarkibida Özbekiston şa'nini himoya qiluvçi boksçilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga kötarilişdi.

Boksçilarimiz va murabbiylarni, hamyurtlarimizni ajoyib ğalaba bilan qutlaymiz.