Özbekiston va Rossiya jamoalari iştirokidagi boks keçasining yana bir ğolibi ma'lum böldi. «Özbekiston» sport majmuasida katta boks keçasi davom etmoqda. The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl uçinçi bosqiçidan örin olgan Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi jang qizğin tus olmoqda. 

Reglamentga köra, boksçilarning har biri 3 daqiqadan beş raund ringga çiqişadi. 

Uçinçi navbatda 75 kg vazn toifasidagi boksçilar ringga kötarilişdi. “Uzbek Tigers” jamoasi vakili Isroil Madrimov Rossiyaning “Patriot Boxing Team” a'zosi Rajab Rajabovga qarşi jang olib bordi. 

Hakamlar qaroriga köra, Isroil Madrimov ğalaba qozondi. Şu bilan, keyingi janglarning natijasi qanday bölişidan qat'inazar “Uzbek Tigers” ğalabasi ta'minlandi.