Avval xabar berganimizdek, «Özbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl uçinçi bosqiçidan örin olgan Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi boks keçasi davom etmoqda.
Musobaqa reglamentiga köra, raqib jamoalarning har bir a'zosi 3 daqiqadan beş raund ringga çiqişadi.
Ringga ikkinçi bölib 64kg vazn toifasidagi boksçilar kötarilişdi.
“Uzbek Tigers” jamoasi vakili Elnur Abduraimov Rossiyaning "Patriot Boxing Team" a'zosi Radmir Abduraxmonovga qarşi jang olib bordi.
Qizğin keçayotgan janglarni Şotlandiya, Yaponiya, Şri-lanka hamda Avstraliyadan kelgan hakamlar boşqarib borişmoqda.
Hakamlarning yakdil qaroriga köra, Elnur Abduraimov ğalaba qozondi.
Eslatib ötamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi çempionatining VII fasl uçinçi bosqiç tarkibida Özbekiston şa'nini himoya qiluvçi boksçilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga kötarilişmoqda.



















