Toşkentning 115ta çorrahasiga örnatilgan kameralar faoliyati ikki bosqiçda takomillaştiriladi. Kameralar birinçi bosqiçda ikki turdagi: svetoforning qizil çiroğidan ötib ketiş va ruxsat berilgan tezlikni oşiriş qoidabuzarliklarini qayd etadi. Bu haqda Toşkent şahar IIBBda bölib ötgan brifingda Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi bölimi boşliği podpolkovnik Şuhrat Murotov ma'lum qildi. Avvalroq jarimalarni jönatiş 15 martdan boşlanişi xabar qilingan edi.

«Qoidabuzarliklar qayd etilgaç, elektron ravişda suratlari bilan birga “Özbekiston poçtasi”ning maxsus markaziga yuboriladi. U yerda maxsus dasturlar vositasida kvitansiyalar avtomobillar haydovçilariga avtomatlaştirilgan tartibda qoidabuzarning manzili böyiça poçta bölimiga yuboriladi. U yerdan poçta xodimi kvitansiyani şaxsan jarimani buzgan kişiga topşiradi. Şunga binoan, jarimalarni qayd etiş, yoziş, yuborişda inson aralaşuviga umuman yöl qöyilmaydi», — dedi Murotov.

Çorrahalarni kameralar bilan qamrab oliş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Mazkur loyihaning sinov bosqiçi uç-tört oy davom etadi, keyin ikkinçi bosqiç boşlanib, unda mobil telefonidan foydalaniş, xavfsizlik kamarini taqmaslik kabi qoidabuzarliklar ham qayd etiladi. Şuhrat Murotovning sözlariga köra, hozirça, bu kabi qoidabuzarliklarni YHXX xodimlari qayd etadi. 

Qizil çiroqda öngga buriliş ruxsat etilgan çorrahalarda kameralar öngga burilişni qoidabuzarlik sifatida qayd etmaydi. Biroq, bunda haydovçi qoidaga rioya qilişi talab etiladi. Ya'ni, çorrahani yaşil çiroqda kesib ötayotgan transport vositalari va piyodalarni ötkazib yuborişi şart. Hozirça, bu kabi çorraha şaharda birgina joyda mavjud. Sinov muvaffaqiyatli ötsa, Yöl harakati qoidalariga tegişli özgartişlar kiritiladi.