2017 yilning 13-mart kuni Venada BMTning giyohvandlik moddalari böyiça Komissiyasi (GMK)ning 60-yiğilişi öz işini boşlaydi. Yubiley yiğiliş iştirokçilari - BMT, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlarga a'zo mamlakatlar delegatsiyalari, ekspertlik hamjamiyati vakillari. Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT)ning boş kotibi Raşid Alimov Pekinda TASS muxbiriga bergan intervyusida ŞHT va BMTning gihvandlikka qarşi hamkorligi borasidagi fikrlari bilan bölişdi.
Unga köra, mazkur yiğilişning birinçi kunida "BMT va ŞHT giyohvandlikka qarşi kuraşda: umumiy tahdidlar, hamkorlikdagi harakatlar" nomli yuqori darajali maxsus tadbir, şuningdek hujjatli film taqdimoti bölib ötadi.
"Aksilgiyohvandlik trekida xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, birinçi navbatda BMT bilan hamkorlik qiliş ŞHT uçun ustuvor ahamiyatga ega. Giyohvandlikka qarşi kuraşda biz bir-birimizni töldirib turamiz. Taşkilotga a'zo davlatlar rahbarlari bu masalaga katta e'tibor qaratişmoqda", - deydi Raşid Alimov.
Uning sözlariga köra, bunday yuqori darajali tadbir birinçi marta ötkazilmoqda va u delegatsiya faoliyatining eng muhim punktlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur tadbirda BMT boş kotibi örinbosari, BMTning giyohvandlik bilan kuraşuvçi boşqarmasining ijroçi direktori Yuriy Fedotov, ŞHTga a'zo mamlakatlar delegatsiyasi rahbarlari iştirok etadi.
Ma'lumotlarga köra, tadbir ikki qismdan iborat böladi - rasmiy oçiliş va davra suhbati.
"ŞHT va BMT örtasidagi amaliy hamkorlik global va mintaqaviy taşkilotlar örtasida özaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yuritişning ajoyib namunasidir. Giyohvandlikning dunyoga tahdidi çegara bilmaydi. Butun dunyo hamjamiyati unga qarşi birgalikda kuraşişi lozim", - deya ta'kidladi R.Alimov.
13-15 martda BMTning Venadagi bölimi markaziy xollida Komissiya 60-yiğilişining delegatsiya va mehmonlari uçun Şanxay hamkorlik taşkilotining Axborot stendi namoyiş etiladi. Ziyoratçilar ŞHTga a'zo mamlakatlarning narkotrafikka qarşi kuraşda özaro hamkorligi va harakatlariga doir asosiy ma'lumotlar bilan tanişiş imkoniga ega bölişadi.
"Dasturning alohida punkti - ŞHTga a'zo mamlakatlarning BMT Boş Assambleyasi Maxsus sessiyasiga narkotrafik muammosi böyiça Bayonot tarqatiş. Biz uni GMK iştirokçilariga Jahon Taşkilotining olti rasmiy tilida taqdim etişni rejalaştiryapmiz", - dedi ŞHT boş kotibi R.Alimov.

















