Şarqiy Afrikaning Burundi davlati hududida 1962 yildan buyon 2500dan ortiq ommaviy qabrlar aniqlangan. Şveytsariyaning Lozanna universiteti eksperti
Aloys Batungvanayoning Anadolu agentligi bilan suhbatda aytişiça, mamlakat hududidagi zöravonliklardan qurbon bölganlarning soni rasmiy statistika raqamlaridan köpdir. «Ularning bir qismi suv havzalariga çöktirilgan yoki yoqib yuborilgan», - deydi ekspert.
Uning sözlariga köra, Burundidagi ilk ommaviy qabrlar koloniyalaştiriş davrida paydo bölgan. Masalan, 1903 yili markaziy Muramvya tumani aholisining bir qismi qirib taşlangan. U tarixga Badasiganadagi qatliom nomi bilan kirgan.
«Öşa vaqtdagi Burundi qiroli Mvezi Gisabo Germaniya bosqinçilariga qarşi kuraşişga harakat qilgan. Natijada 300ga yaqin mahalliy jangçilar öldirilgan edi. Ularni ommaviy qabrga kömib yuborişgan», - deb xotirlaydi ekspert.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, öşanda Burundida mingdan ortiq odam ölgan, 300 mingdan ortiq inson uy-joylarini tark etişga majbur bölgan.













