Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) Özbekiston milliy antidoping agentligi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, deb xabar berdi TASS RUSADA boş direktori örinbosari Margarita Paxnotskayaga tayanib.
"Bugun Özbekiston milliy antidoping agentligi vakillari uç kunlik taşrif bilan kelişdi. Taşrifdan maqsad, dopingga qarşi özaro samarali kuraşişda hamkorlik munosabatlarini örnatiş va rivojlantiriş hamda antidoping faoliyatining asosiy yönalişlari böyiça tajribaga ega bölişdir. Bugunning özida agentliklar örtasida hamkorlik qiliş töğrisida memorandum imzolandi", dedi Paxnotskaya.
Uning aytişiça, Özbekiston vakillari RUADA faoliyatining barça yönalişlari bilan tanişib çiqişadi.
"Biz şuningdek, mehmonlarga antidoping qoidalarining ehtimoliy buzilişi natijalarini örganiş, qoida buzilişi holatlarini tekşiriş,taqiqlangan moddalar va usullardan terapevtik maqsadlarda foydalaniş uçun ruxsatnoma oliş tartibi, preparatlarni tekşiriş xizmatlari qanday işlaşi haqida ma'lumot beramiz", - deb qöşib qöydi u.

















