Toşkent şahrining Bektemir tumanida noma'lum ayol “Qöyliq” avtobuslar şoh bekatida Mirobod tumanida yaşovçi 1993 yilda tuğilgan ayolning plastik kartoçkalaridagi pul mablağlarini naqdlaştirib berişni aytib, uni aldadi.
Özbekiston IIV matbuot xizmati xabariga köra, u aldaş yöli bilan öz qurbonining işonçiga kirib, hisobida 19 million va 42 million puli bölgan 2 dona plastik kartoçkalarini olib, şundan 6 million sömini naqdlaştirib bergan va qolgan 55 million söm pulini firibgarlik yöli bilan olib ketgan. Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Içki işlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-suriştiruv işlari natijasida uşbu firibgarlik jinoyatini Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida yaşovçi, 1974 yilda tuğilgan ayol sodir etgani aniqlandi va uşlandi.
“Şu örinda ta'kidlaşni istardikki, fuqarolarimiz har qanday kişining gapiga işonavermasdan, “Tekin pişloq faqat qopqonda böladi”degan maqolning mağzini çaqib, öz pullari yoki mol-mulklarini birovga işonib topşirişda sal huşyorroq bölganlarida, bu kabi firibgarliklarning oldi olingan bölardi“, deyilgan xabarda
Hozirda uşbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
















