Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Angren" erkin iqtisodiy hududida metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi zavod barpo etiladi
"Angren" erkin iqtisodiy hududida sanoatda ishlatiluvchi metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi zavod barpo etiladi.
«Angren» EIH rahbariyati va Turkiyaning DAL Teknik Makina Tigaret Ve Sanayi Anonim Sirketi kompaniyasi investitsiyalarning dastlabki qiymati 10 mln dollarni tashkil qiluvchi ushbu zavod qurilishi loyihasi bo‘yicha hamfikrlik memorandumini imzoladi.
Loyiha EIHning Ohangaron sanoat blokida amalga oshiriladi. Zavodning umumiy maydoni 6 gektarga yaqinni tashkil qiladi.
Bugungi kunda ushbu loyiha tashabbuschisi tomondan EIHning ma'muriy kengashi a'zolari ko‘rib chiqishi uchun hujjatlar paketi tayyorlanmoqda.
Zavod qurilishi 2017 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekistonga sanoatda ishlatiluvchi tayyor metall konstruksiyalar importini ancha kamaytirishga imkon beradi.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026