Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Turkiyaga moliyaviy yordam ko‘rsatishni savol ostiga qo‘ymoqda
Germaniya moliya vaziri Volfgang Shoyble Turkiya vazirlarining Yevropa Ittifoqidagi tashriflari hamda nemis jurnalistining Istanbulda hibsga olinishi bilan bog‘liq mojarolar tufayli Turkiya bilan iqtisodiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishni davom ettirishda murakkabliklar yuzaga kelganini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bunday vaziyatda albatta bu masalada ishni olib borish murakkabdir. Biz vaziyatni keskinlashtirmoqchi emasmiz, Germaniya hukumatida hamma bunga rozi. Biz faqatgina Turkiya mulohazali fikr yuritishga qaytishini istamoqdamiz", deb aytgan Shoyble.
Berlin va Anqara o‘rtasida munosabatlar turk millatiga mansub nemis jurnalisti Deniz Yujyelning Istanbulda hibsga olinishidan keyin keskinlashgandi. Jurnalist "terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etish, ma'lumotlardan noqonuniy ravishda foydalanish, terrorchilikni targ‘ib qilishda" gumonlanmoqda. Germaniya kansleri Anqaradan jurnalistni ozod qilishni va OAV erkinligiga amal qilishni talab qilgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026