Ma'lumki, 2017 yil 15 martidan Toşkent şahrining 115ta çorrahasiga örnatilgan kameralar va şahar yöllaridagi radarlar böyiça ma'muriy bayonnomalar töldirilişi va jarimalar yuborilişi boşlanadi. Bunga esa sanoqli kunlar qoldi.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB boşliği, polkovnik Xolmatjon Ahmedoviç Saydaliyevning ma'lum qilişiça, kameralar avtomobillarning qizil çiroqda ötişini hamda belgilangan tezlikdan yuqori tezlikda harakatlanayotgan avtomobillarning davlat raqamlarini suratga tuşiradi. Söngra, bu suratlar elektron körinişda Axborot markaziga, undan “Özbekiston poçtasi” AKda barpo qilingan markazga tuşadi. Bu yerda maxsus namunadagi jarima varaqalari naşr qilinib, avtomobil egasining doimiy turar joyi böyiça manzilga poçta xodimi vositasida şaxsan yetkaziladi.
Tezlik1 böyiça jarima miqdori eng kam oylik iş haqi (149775 söm)ning 1 baravaridan 7 baravari (1 mln 50 ming söm atrofi), svetoforning taqiqlovçi çiroğida ötganlar uçun (qizil va sariqda ötiş) eng kam oylik iş haqining 2 baravari (300 ming sömga yaqin)ni taşkil etadi. Bunda bir kunda bu kabi qoida buzilişi bir marta böladimi, 10 marta böladimi farqi yöq, har bir qoida buziliş holati uçun alohida şu miqdorda jarima yoziladi va yuboriladi. Jarimani 60 kun içida tölaş talab etiladi.
1Bunda şaharda belgilangan eng yuqori tezlikdan (soatiga 70km, ayrim yöllarda bu raqam qöşimça belgi bilan yanada çegaralanişi mumkin, masalan, soatiga 50 km kabi) soatiga 20 kmgaça oşirib yuborilsa, ya'ni soatiga 90 kmgaça tezlikda harakatlanib, radar qaydnomasiga tuşsa, eng kam oylik iş haqining bir baravari, belgilangan harakat tezligi soatiga 20 kmdan ortiq, ammo 40kmgaça yetmasdan oşirilsa, eng kam oylik iş haqining 5 baravari (750 ming sömga yaqin), belgilangan harakat tezligi soatiga 40 kmdan orttirib yuborilsa, eng kam oylik iş haqining 7 baravari miqdorida jarima solinişiga asos böladi.
Şu örinda, toşkentlik va şaharga mehmonga kelgan yoki bu yerda vaqtinça istiqomat qiluvçi haydovçilar e'tiborini mazkur holatning ayrim haydovçilar köp ham diqqat qaratmaydigan jihatlariga qaratmoqçimiz.

Barçaga yaxşi ma'lumki, Toşkent çorrahalarida avtomobillar “Töxtaş çiziği” (Yöl harakati qoidalari böyiça 5.33 raqamli belgi bilan ifodalangan yoki çorrahalar kesişmasida maxsus oq çiziq) bölsa ham, bölmasa ham unga e'tibor bermaslik ommaviy ravişda kuzatiladi.




















