Toşkent şahar hokimligida 14 mart kuni bölib ötgan matbuot anjumanida şahardagi maktablar va örta maxsus ta'lim muassasalaridagi öquvçilar davomati va öquv jarayoni tahlil qilindi.

Matbuot anjumanida ma'lum qilinişiça, Toşkent şahrida joylaşgan ta'lim muassasalarida öquvçilar davomatini yaxşilaş va umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvçilarini işga oliş böyiça şahar va tuman hokimliklarida doimiy işçi guruhlar tuzilgan. 

Şuningdek, Özbekistondagi maktablarda 1 mart kunidan boşlab «Kamolot» tarbiyaçisi lavozimi paydo bölgan. Bunday tarbiyaçining asosiy vazifasi öquvçilarga darslarni özlaştirişda yordam körsatiş hamda ularning dars qoldirmasligini ta'minlaş böladi.

Toşkent şahar hokimligi, şahar prokuraturasi, IIBB, Xotin-qizlar qömitasi, Xalq ta'limi boşqarmasi, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Kamolot» YoIH şahar kengaşi hamkorligida qabul qilingan «2016-2017 yilgi öquv yilida umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda öquvçilar davomatini töliq ta'minlaş, 9-sinf bitiruvçilarini örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga öqişga qamrab olişni amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qöşma qarorga köra, «Kamolot» tarbiyaçilari va maktab ma'muriyati 10 kun içida doimiy ravişda darslarni qoldirayotgan öquvçi va talabalar röyxatini tuzişi kerak böladi.

Şuningdek, 1 hafta muddat içida barça ta'lim muassasalaridagi real davomatni aniqlaş, mahalla profilaktika inspektorlarini ta'lim muassasalariga biriktiriş belgilangan. Profilaktika inspektorlari sababsiz dars qoldirayotgan, ta'lim muassasasi içki tartiblariga rioya qilmaydigan öquvçilarning ota-onalari bilan işlaydi.

Farzandlari tarbiyasiga salbiy körsatuvçi, şuningdek, ular tarbiyasiga e'tiborsiz ota-onalar bilan alohida iş olib boriş va tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar işlari böyiça komissiyalar yiğilişini ötkazib, öz vakolati doirasida tegişli çoralar köriş belgilangan.

Öquv muassasalari rahbarlariga esa talab qattiq böladi. Maktab direktorlari real davomatni yaşirgan hollarda işdan haydaladi.