Andijonda tuman va şahar hokimlari örinbosarlariga ajratilgan xizmat avtomaşinalarini topşiriş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz’ning Andijondagi muxbiri xabar bermoqda.
Marosimda söz olgan viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov Özbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Davlat boşqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş va xodimlarini moddiy rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori bilan hududiy boşqaruv organlari xodimlariga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, yaratilayotgan şaroitlar ularni yanada ma'suliyat bilan faoliyat yuritişlariga undaşini ta'kidladi.
Şundan söng viloyatdagi barça şaharlar va tumanlar hokimlarining örinbosarlari uçun ajratilgan yangi rusumdagi “Neksiya” avtomaşinalari topşirildi.






Elmurod Ermatov, Andijon












