15-17 mart kunlari Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) vakillari prezident Suma Çakrabarti rahbarligida Özbekistonda böladi. Bu haqida YeTTBning matbuot xizmati xabar berdi. 

YeTTB delegatsiyasi Özbekistonga taşrifi davomida mamlakat rahbariyati bilan muzokaralar ötkazadi va özaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi. 

Xususan, tomonlar Özbekiston iqtisodiyotining işbilarmonlik va raqobatbardoşlikni rivojlantiriş sohasidagi hamkorlik, şuningdek sarmoya va texnologiyalarni jalb qilişga doir masalalarini muhokama qilişadi.

"Özbekiston Markaziy Osiyoning mintaqaviy hamkorlik va iqtisodiy taraqqiyot muvaffaqiyati uçun muhim mamlakat hisoblanadi", - dedi YeTTB prezidenti Suma Çakrabarti. U Özbekiston rahbariyati bilan mamlakatda YeTTB faoliyatini kengaytirişga doir muzokaralarni sabrsizlik bilan kutayotganini ta'kidladi. 

Uning sözlariga köra, YeTTB Özbekiston bilan mintaqaviy hamkorlik va integratsiya, konsultatsion xizmatlar va kiçik hamda örta biznes, şuningdek yaşil energiya va energosamaradorlikni oşirişga doir loyihalarni moliyalaştiriş kabi yönalişlar böyiça hamkorlikdan manfaatdor. 

YeTTB Özbekistonda 1993 yildan buyon faoliyat yuritadi. YeTTB mamlakatga umumiy hisobda 894 million yevro sarmoya kiritgan. Bank loyihalarining Özbekistondagi portfeli 8 million yevroni taşkil qiladi.