Germaniya moliya vaziri Volfgang Şoyble poçta orqali portlovçi modda joylaştirilgan paket qabul qildi. Bild xabariga köra, bu jönatma Gretsiyadagi "Milliy demokratiya" muxolif partiyasi raisi örinbosari Adonis Georgiadisning Afinadagi ofisidan yöllangandi. 

Simlari çiqib turgan şubhali posilka çorşanba kuni vazirlikka kelib tuşgan. Politsiya vazirlik binosidan xodimlarni evakuatsiya qilgan va portlovçi moddalar böyiça mutaxassislar çaqirilgan.

Ekspertlar xavfli topilmani Berlin şahri taşqarisidagi portlaşlarni amalga oşiriş hududiga olib ketgan va uning tarkibini örganişga kirişgan. 

Paketda portlovçi qurilma va pirotexnika buyumlarini tayyorlaşda işlatiladigan aralaşma borligi aniqlangan. Bunday qurilma posilka oçilgan taqdirda işlab ketişi mumkin bölgandi. 

Gretsiyalik siyosatçi bu posilka Afinadan jönatilganini tasdiqlagan.

"Afsuski, bu töğri va bu sira ham kulgili emas", deya yozgan u. U özi terrorçilar nişoniga aylanib qolganini qayd etgan.

Çorşanba kuni unga tegişli kitob dökonida qölbola bomba portlagandi.

Ayni vaqtda Germaniya huquq-tartibot idoralari mazkur holat yuzasidan tekşiruvni boşladi. 

Ma'lumot uçun, 1990 yilda IIV rahbari vazifasida bölgan Volfgang Şoyblega suiqasd uyuştirilgan, natijada siyosatçi jiddiy jarohatlanib, nogironga aylangandi. U hozirda nogironlar aravaçasida harakatlanadi.