Özbekiston Respublikasi prezidentining «Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga köra litseylardagi guruhlarda öquvçilar soni 26 nafardan oşmasligi kerakligi belgilab qöyilgan.

Bundan maqsad akademik litseylarda ta'lim sifatini oşiriş, ta'lim jarayoniga ilğor pedagogik usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari va multimedia taqdimotlarini keng tatbiq qiliş va buning uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş hisoblanadi.

Bundan taşqari, çuqurlaştirib öqitiladigan fanlar (ta'lim yönalişlari) böyiça amaliy, laboratoriya va seminar maşğulotlari guruhlarga bölingan tarzda, ya'ni ikkita kiçik guruhda (13 nafardan) ötkazilişi yölga qöyiladi.

Pedagoglar tarkibi oliy ma'lumotli va kamida 5 yillik uzluksiz pedagogik iş stajiga ega bölgan malakali öqituvçilar orasidan tanlov asosida şakllantiriladi.  

Akademik litseylar direktorligi uçun nomzodlar akademik litseylar biriktirilgan oliy ta'lim muassasalari rektorlari tomonidan tavsiya etilişi belgilanmoqda.

2017/2018 öquv yilidan boşlab akademik litseylar öquvçilarini umumta'lim fanlari böyiça darsliklar bilan ta'minlaş Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan taşqari respublika maqsadli kitob jamğarmasining mablağlari hisobidan ijara tizimi asosida amalga oşiriladi. Kam ta'minlangan oilalar farzandlari umumta'lim fanlari böyiça darsliklar bilan byudjyet mablağlari hisobidan bepul ta'minlanadi.