Toşkent şahridagi matbuot markazida  Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining "Aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta'minlaş tibbiyot tizimida ötkazilayotgan islohotlarning boş maqsadlaridan biridir" nomli matbuot anjumani ötkazildi. 

Mazkur tadbirda Soğliqni saqlaş vazirligi mutasaddi xodimlari, tegişli boşqarma rahbarlari, "Dori-darmon" aksiyadorlik kompaniyasi, "Özfarmsanoat" davlat aksiyadorlik konserni va Toşkent davlat farmatsevtika instituti vakillari bilan birga ommaviy axborot vositalari ham qatnaşişdi va özlarini qiziqtirgan bir qator savollar bilan murojaat qilişdi. 

Foto: Kun.uz

Xususan, respublika dorixonalaridagi narxlarning bir xil emasligi töğrisida savol berildi. Mutasaddi xodimlarning javoblariga köra, "Dori-darmon" ijtimoiy dorixonalarda narxlar asossiz kötarilmaydi. Şu örinda respublikaga olib kiriladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining 50 foizi aynan şu ijtimoiy taşkilot tomonidan olib kirilişi aytildi. Bu,   tabiiyki, ularning ulgurji narxda xarid qilinişidan dalolat beradi. 

Xususiy korxonalar esa çakana narxda keltirişi natijasida, bunday dorixonalardagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari bahosi qimmatroq bölişi ta'kidlandi. 

Şu örinda aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta'minlaş yölida davlatning özi 3,5 milliard zarar körgani qayd etildi.

Foto: Kun.uz