Özbekiston Respublikasi prezidentining «Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi. Qaror matni ÖzA saytida keltirilgan.

Qarorning birinçi ilovasiga muvofiq, moddiy-texnik va öquv-pedagogik bazasi nisbatan past darajali törtta akademik litseyni tugatiş, ularning 1-bosqiçlariga öquvçilarni qabul qilişni 2017/2018 öquv yilidan boşlab töxtatiş belgilangan.

Ammo aynan qaysi litseylar yopilişi ma'lum qilinmagan.

Şuningdek, ta'lim sifati va bitiruvçilarining institut va universitetlarga öqişga kiriş körsatkiçlari past bölgan 54ta akademik litsey bosqiçma-bosqiç kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi.

"Akademik litseylarning faoliyatini ular joylaşgan hududning demografik, iqtisodiy va boşqa omillarini hamda bitiruvçilarning oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi işlarning qoniqarli emasligini körsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallaştiriş, ulardagi ta'lim sifatini oşiriş va mazmunini yangilaş, ularni bitirib çiqayotgan yoşlarning oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş körsatkiçlarini tubdan yaxşilaş böyiça qator çora-tadbirlarni amalga oşiriş zarurati paydo bölmoqda", deyilgan qarorda.

Kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2- va 3-bosqiç öquvçilari öqişni tugatgaç, yaqin hududda joylaşgan, ta'lim yönalişi öxşaş bölgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topşiradi va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvçisi diplomini oladi.

Ma'lumot uçun, bugungi kunda Özbekistonda 1411ta kasb-hunar kollejida yoşlar bir neçta ixtisoslik böyiça zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab kelmoqda. 

Şuningdek, oliy ta'lim muassasalari qoşida 144ta akademik litsey taşkil etilgan bölib, ularda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar hamda madaniyat va san'at yönalişlari böyiça, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar asosida zamonaviy öquv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan kabinetlarda yoş avlodga puxta bilim berilmoqda.

Uşbu maskanlarni har yili örtaça 35 ming nafar yigit-qiz bitirib çiqmoqda.