Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan işlab çiqariş quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanişini, texnika va texnologiyalarni ekspert baholaş agentligini tugatiş töğrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilgan.
Uşbu qaror investitsiya loyihalarining loyihadan oldingi hujjatlari sifatini oşiriş maqsadida qabul qilingan. Qarorga köra, investitsiya loyihalarini işlab çiqiş mexanizmini takomillaştiriş va ularni tayyorlaş jarayonini tezlaştiriş, şuningdek, ularni ekspertizadan ötkaziş tartibini soddalaştiriş uçun ilğor xorijiy tajribaga asoslangan qulay şaroitlar yaratiş közda tutilgan.
Davlat rahbari qaroriga köra, agentlikni tugatiş komissiyasi tasdiqlangan, komissiya a'zolariga tugatiş işlari böyiça kompleks çoralar köriş vazifasi topşirilgan. Bundan taşqari, investitsiya loyihalari taşabbuskorlari bölgan soha böyiça vazirlik va idoralariga tender va loyihadan oldingi hujjatlarni ekspertizadan ötkaziş böyiça öz kengaşlarini tuziş topşirilgan.
«Özbekekspertiza» AJ import şartnomalari investitsiya loyihalarini, xususan, tayyor holda topşiriladigan loyihalarni amalga oşiriş doirasida sotib olinadigan uskunalar, texnika va texnologiyalarning narx körsatkiçlari böyiça ekspertizadan ötkaziş uçun vakolatli organ sifatida belgilangan. Hukumatga «Özbekekspertiza» faoliyatini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqiş, uning faoliyatiga eksport-import operatsiyalarini marketing jihatidan tahlil qiliş sohasidagi tajribali va malakali mutaxassislarni jalb etiş vazifasi topşirilgan.

















