16 mart kuni Özbekiston Respublikasi prezidentining «Şoşilinç tibbiy yordamni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Hujjatda qayd etilişiça, bugungi kunda şoşilinç tibbiy yordam körsatişning samaradorligi hali zamonaviy talablarga javob bermayapti.
«Tez tibbiy yordam xizmatlarining malakali kadrlar, dori vositalari, tibbiyot uskunasi, ixtisoslaştirilgan avtotransport va aloqa vositalari bilan ta'minlanganligi darajasi yetarli emasligiça qolmoqda. Keçiktirib bölmaydigan tibbiy yordam körsatişni boşqariş, muvofiqlaştiriş va nazorat qilişning zamonaviy mexanizmlarini, şuningdek, şoşilinç tibbiyot sohasida mahalliy ilmiy-amaliy işlanmalarni joriy etişga yetarliça e'tibor berilmayapti», deyilgan farmonda.
Şoşilinç tibbiy yordamning tezkorligini, texnologikligi va samaradorligini tubdan kuçaytirişga, aholiga öz vaqtida malakali şoşilinç tibbiy yordam körsatiş böyiça davolaş, ilmiy-metodik va ta'lim işlarining butun kompleksini eng yuqori darajada taşkil etişga yönaltirilgan aholiga şoşilinç tibbiy yordam beriş tizimini tubdan takomillaştiriş maqsadida quyidagilar şoşilinç tibbiy yordam tizimini yanada takomillaştirişning muhim yönalişlari etib belgilangan:
mamlakatda soğliqni saqlaş tizimini yanada isloh qilişning muhim yönalişlaridan biri sifatida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va malakali kadrlar bilan butlangan şoşilinç tibbiy yordam berişning zamonaviy, yuqori texnologik va samarali tizimini şakllantiriş;
şoşilinç tibbiyot sohasida ilmiy, metodologik va ta'lim salohiyatini har tomonlama rivojlantiriş, uşbu maqsadlarda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda tez tibbiy yordamning respublika xizmatlari faoliyatiga ilğor texnologiyalarni va iş uslublarini joriy etiş;
şoşilinç tibbiy yordam tizimida aholi orasida ölim va nogironlikni pasaytirişga yönaltirilgan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini, diagnostika vositalari va usullarini, birlamçi tibbiy-sanitariya yordamni va keçiktirib bölmaydigan holatlarni davolaşni keng qöllaş;
şoşilinç tibbiyot sohasida profilaktika, diagnostika va davolaş usullari va texnologiyalarini kuçaytiriş va samaradorligini oşiriş böyiça ilmiy tadqiqotlar olib boriş, tavsiyalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qöllaş asosida şoşilinç tibbiy yordam xizmatlarining boşqa vazirliklar va idoralarning şoşilinç xizmatlari bilan özaro tezkor hamkorligining samarali mexanizmlarini joriy etiş;

















