Toşkent viloyati hokimi Şukurullo Boboyev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgdagi "Sankt-Peterburg – Rossiya va çet davlatlar mintaqalari" kiçik va örta biznes XI Peterburg Partneriatida iştirok etdi. 

Uşbu Partneriat iqtisodiy hamkorlik va xalqaro, mintaqalararo aloqalarni rivojlantiriş sohasida Sankt-Peterburgda har yili ötuvçi anjuman hisoblanadi. 

Partneriat davomida Özbekiston delegatsiyasi "Angren" erkin iqtisodiy hududi taqdimotini ötkazdi.

Anjuman iştirokçilari "Angren" EIHda investorlar uçun yaratilgan şaroitlar haqida batafsil ma'lumot olişdi.

Özbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgga safari davomida Leningrad viloyatidagi bir qator korxonalarga taşrif buyurdi.

Şuningdek, özbekistonlik tadbirkorlar Rossiya kompaniyalari bilan muzokaralar ötkazib, bir neçta kelişuvlarni imzolaşdi.