16 mart kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Suma Çakrabartini qabul qildi.
Bank prezidenti Özbekistonni yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi, özaro hamkorlik istiqbollari haqida gapirgan.
«Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni, mamlakatni har tomonlama rivojlantirişga qaratilgan loyihalarni qöllab-quvvatlaymiz. 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi bilan tanişganimizdan xursandmiz. Uşbu strategiya har tomonlama puxta öylab işlab çiqilgan va juda istiqbolli. Unda belgilangan çora-tadbirlar xalq bilan muhokama qilingani, mutaxassislarning fikr va takliflari inobatga olingani e'tiborga molik. Bu Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilidan közlangan maqsadni ifodalovçi yorqin misollardan biridir.
Mazkur Harakatlar strategiyasining barça yönalişlari bankimiz biznes modeliga mos keladi. Uni amalga oşirişda iştirok etişdan mamnunmiz.
Özbekiston bilan aloqalarimizning yangi bosqiçi boşlanganini mamnuniyat bilan qayd etmoqçiman. Turli darajadagi muloqotlarda, xususan, Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuvda hamkorligimizning özaro manfaatli va istiqbolli yönalişlarini belgilab oldik. Xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş bankimiz faoliyatining asosiy yönalişlaridan biridir. Özbekistonda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga alohida e'tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor. Bu borada qator loyihalarni amalga oşirmoqçimiz.
Bank-moliya sohasini takomillaştiriş böyiça konsultativ xizmat körsatiş, investitsiyaviy muhitni yanada yaxşilaş, korporativ boşqaruvni rivojlantiriş işlariga hissa qöşiş niyatidamiz.
Infratuzilma, kommunal, agrosanoat, energetika va boşqa sohalarda ham qator özaro manfaatli va istiqbolli loyihalar möljallanmoqda.
Uşbu sohalarni qamrab olgan qöşma Hamkorlik dasturi işlab çiqiladi. Uning amalga oşirilişi özaro aloqalarimizni mustahkamlaşga xizmat qiladi», degan u.

















