Soğliqni saqlaş vazirligi vakillari bilan "Aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta'minlaş tibbiyot tizimida ötkazilayotgan islohotlarning boş maqsadlaridan biridir" mavzusida bölib ötgan matbuot anjumanida jurnalistlar Özbekistonda işlab çiqarilayotgan dori-darmonlar sifatining talabga javob berişi qay darajada ekanligi bilan qiziqişdi. 

Soğliqni saqlaş vazirligi vakillarining sözlariga köra, respublikamizdagi 147 ta işlab çiqariş korxonalarida sifat nazorati yölga qöyilgan. Har bir dori vositasi yoki tibbiyot buyumi mavjud 8 ta mustaqil sertifikatlaş taşkiloti tomonidan sertifikatlanişi ta'kidlandi. 

Şuningdek mahalliy dori-darmonlarning yuqori sifati ularni bir qator xorijiy mamlakatlar - AQŞ, Fransiya, Germaniya, MDH va qöşni mamlakatlarga eksport qiliş imkonini berayotganiga e'tibor qaratildi. 

Foto: Kun.uz

Şuningdek, şifoxonalar binosi oldida dorixonalarning bölişi yomon körsatkiç ekanligi, bu şifoxonada zarur dori vositalarining yetişmasligini tan olişlikdan dalolat berişi haqida fikr bildirildi. Şifoxona yonida dorixona bölgandan köra tibbiyot muassasasining özida bu dori vositalari va tibbiyot buyumlarining bölişi maqsadga muvofiq bölişi ta'kidlandi. 

Dorixonalarda elektron xizmatlarning yölga qöyilişi borasidagi savolga, vazirlik vakili qonunga köra, dori vositalarining Internet orqali sotilişi mumkin emasligini qayd etdi. Umuman dorilarning şifokor retseptisiz berilişiga salbiy munosabat bildirildi, zero har bir dori şifokor belgilagan dozada va tartibda qöllanişi kerak. Şu örinda rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasiga töxtalib ötildi - xorijda dori vositalari dorixonalardan qöyib yuborilişidan avval ma'lumotlar bazasidan haqiqatda şifokor aynan şu dorilarni körsatilgan dozada belgilaganmi yoki yöq - közdan keçiradi. Kelgusida bizning yurtimizda ham şunday tizimlar yölga qöyilişiga umid bildirildi. 

Şuningdek respublikamizda köçma dorixonalar taşkil etilayotgani, ularning har biri konditsioner, muzlatgiç kabi zarur texnik qurilmalar bilan ta'minlangani qayd etildi. 

Bundan taşqari, Özbekistonda yangi, dunyoda öxşaşi yöq original dori vositalari yaratilayotgani ta'kidlandi.