Özbekiston Prezidentining 2017 yil 13 martdagi "Pensiya va nafaqalarni tölaş mexanizmini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi PP-2826-son qaroriga muvofiq, endilikda Xalq banki butun respublika böyiça pensiya va nafaqalarni tölaş böyiça yagona vakolatli bankka aylandi.
2017 yil iyulgaça pensiya, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boşqa tölovlarni naqd pulda tölaş "Özbekiston poçtasi" AJdan sekin-asta Xalq banki bölimlariga ötkaziladi. Yangi mexanizm Özbekiston Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi "Iş haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni tölaş mexanizmini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”ga qarorining öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini ta'minlaşi kerak.
Hududiy ijroiya organlari bankni pensiya va nafaqalarni naqd pullarda beruvçi maxsus kassalarning işini taşkillaştiriş uçun fuqarolar yiğini binolarida va pensionerlar tomonidan pensiyalarni oliş uçun qulay bölgan boşqa ma'muriy binolarda alohida xonalar bilan bepul asosda ta'minlaşlari kerak. Pensiya yoki nafaqani oliş uçun maxsus kassalarga mustaqil bora olmaydiganlarga pensiyalar ularning yaşaş joylari böyiça Xalq banki tomondan yetkaziladi.
Markaziy bank esa pensiya va nafaqalar har oyning 27 sanasigaça tölab bölinişini hisobga olgan holda Xalq banki arizalariga muvofiq, u pensiya va nafaqalarni uzluksiz berişi uçun uni zarur bölgan naqd pul bilan ta'minlaydi. Xalq banki buni amalga oşiriş uçun kassirlar va nazoratçilar sonini oşiradi, markaziy apparat va filiallarni zaruriy sondagi mutaxassislar bilan butlaydi hamda kerakli jihozlar va kompyuter texnikasini xarid qiladi. Naqd pullarni maxsus kassalargaça yetkaziş uçun 590 ta inkassatorlik "Damas"lari xarid qilinadi. Markaziy bank kömagida Xalq bankida öz inkassatsiya xizmati taşkil etiladi.
Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamğarmasi va Xalq banki mablağ oluvçilarni sms-xabardor qiliş texnologiyasini joriy qiliş bilan onlayn rejimda aholiga pensiya va nafaqalarni beriş va uni nazorat qilişni avtomatlaştiriş maqsadida tegişli ma'lumotlar bazalarining integratsiyasini ta'minlaydi.

















