Amerikalik harbiylar rus tilini bolalar öyini yordamida örganmoqda. Bu Defense News naşri muxbiri Kris Kavas olgan suratlarda öz tasdiğini topgan.

Kavas tvitterdagi akkauntida xorijiy tillar harbiy institutidagi (DLI) maşğulotlar payti aks etgan suratlarni joylaştirgan.

"AQŞ qurolli kuçlarida rus tilini örganiş yana urf bölmoqda. Bu suratlarda Germaniyadagi askarlar DLI maşğulotlarida kirillçada skrebbl (söz tuziş öyini) öynamoqdalar", deb yozgan jurnalist.

U 3 ta suratni ilova qilgan. Birinçi suratda ayol harbiy Reyçel Nenning bolalar tovuşli alifbesini oldida yoyib qöyilgan suratlar bilan örganmoqda. Stolda qizning ismi rus transkripsiyasida körsatilgan tabliçka turibdi.

Ikkinçi suratda xuddi şunday alifbe bilan ikki erkak harbiy şuğullanmoqda. Yana bir suratda ayol va erkak harbiy skrebbl öynaşmoqda. Öyin maydonida "pojaluysta", "do svidaniya", "spasibo", "poka", "Bog", "akter" va "menya" sözlari bexato terib çiqilganini köriş mumkin.

Foto: Twitter/CavasShips
Foto: Twitter/CavasShips
Foto: Twitter/CavasShips