Şanxay Hamkorlik Taşkiloti boş kotibi Raşid Alimov TASS muxbiriga intervyu berdi. Unda 2002 yilning 7 iyun kuni Sankt-Peterburgdagi sammitda qabul qilingan ŞHT xartiyasining örni haqida söz yuritildi.
Şuningdek Raşid Alimov taşkilot faoliyati bilan boğliq bir qator raqamlarni keldirdi. Uning ma'lum qilişiça, 2011-2015 yillar davomida ŞHT a'zo-davlatlarning tegişli idoralari tomonidan 20 terakt tayyorlaniş vaqtidayoq bartaraf etildi, terrorçilik va ekstremistik xarakterga ega 650ta jinoyat oldi olindi.
Bundan taşqari, Alimovning sözlariga köra, terrorçilarni tayyorlaş böyiça 440ta baza va xalqaro terrorçilik taşkilotlarining 1700 nafar a'zosi yöq qilindi, noqonuniy qurolli tuzilmalarning 2700dan ortiq iştirokçisi qölga olindi.
Şuningdek ötgan davr mobaynida 3250dan ortiq qölbola portlovçi qurimalar, taxminan 10 mingta qurol-yaroğ va 52 tonnadan köproq portlovçi moddalar olib qöyildi.
Raşid Alimovning sözlariga köra, 15 yil davomida ŞHT a'zo-davlatlari örtasidagi muntazam aviareyslar soni bir neça barobarga ösdi. A'zo-davlatlar özaro töplangan investitsiyalari ham ortib bormoqda, 2016 yilda ularning hajmi 40 mlrd AQŞ dollaridan köpaydi.

















