Buyuk britaniyalik maktab öquvçisi AQŞ milliy koinot agentligi NASA’ga Xalqaro koinot stansiyasidagi radiatsiya datçiklaridagi körsatmalarda xato borligini ma'lum qildi. 

Şeffilddagi maktabning 17 yoşli öquvçisi Maylz Solomen TimPix ta'lim dasturida iştirok etgan. Bu dastur öquvçilarga XKSdan olingan ma'lumotlar bilan işlaşga imkon beradi. "Bizga köplab ma'lumotlar jadvali jönatiladi. Ular bilan işlaş qiziqdir", deb aytadi Maylz.

Öquvçi bir kun radiatsiya körsatmalari keltirilgan jadvalni tekşirayotib, kataklardan birida -1 sonini körgan. Öquvçi energiya manfiy körsatkiçga ega bölmasligi kerakligi kerak, degan qarorga kelib, öqituvçisi bilan bu xatolik haqida NASA’ga xabar berişgan. 

Aniqlanişiça, xato işlovçi algoritm radiatsiyaning yöqligini şu tariqa qayd qilgan. NASA mutaxassislari uzoq vaqt bu xatoga e'tibor bermay kelişgan. NASA’da bunday hisobotlarning avvalroq ham sezişganini aytişgan, biroq bunday holat bir yilda 1-2 martagina böladi, deb öylaşgan. Maylz esa xato körsatkiçlar kuniga bir neça marotaba qayd qilinişini aniqlagan.

Koinot agentligi öquvçiga yordami uçun minnatdorçilik bildirgan. Öquvçi esa kelgusida NASA’da işlaş niyati borligini aytgan.