Yamanda 2015 yil 26 martda boşlangan ixtilofda 4,5 mingdan köproq fuqaro halok böldi, 8 mingdan köproği jarohat olgan. Bu haqda BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari ma'lum qildi.   

"26 mart kuni Yamandagi ixtilofga 2 yil böladi. 2015 yil 26 mart kunidan Yamanda jangovar harakatlar oqibatida 4,733 ming fuqaro halok bölgan va 8,272 fuqaro yaralangan. Bunda faqat tasdiqlangan qurbonlar va yaralanganlar miqdori körsatilgan. Qurbonlar haqiqiy soni esa, şubhasiz, ança yuqori", deyilgan xabarda.

Hujjatda körsatilişiça, mamlakatda 2 yillik ixtilof sababli hozirda 21 mln kişi yoki aholining 82 foizi gumanitar yordamga muhtojlik sezmoqda.

Ma'lumotlarga köra, oxirgi bir oy içida havodan zarbalar beriş va koalitsiya harbiy kemalaridan öqqa tutiş oqibatida 106 nafar fuqaro halok bölgan. 

Şu sababli BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Zayd Ra'd al Husayn Yamandagi jiddiy qonunbuzarliklar yuzasidan bildirilayotgan yuzlab xabarlarni tergov qiliş böyiça xalqaro mustaqil organ zarurligini ta'kidlab ötdi.