2017 yilning 27 mart kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Özbekistonga taşrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik böyiça maxsus vakili, MDHga a'zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik davlatlararo jamğarmasi (GHDJ) boşqaruvi hamraisi Mixail Şvidkoyni qabul qildi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuv çoğida madaniy-gumanitar sohada ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari Özbekiston va Rossiya örtasida dinamik rivojlanayotgan aloqalarning muhim qismi sifatida muhokama qilindi.

Şu nuqtai nazardan ta'kidlanganidek, A.S.Puşkin nomidagi davlat tasviriy san'at muzeyida Özbekiston Milliy muzeyi jamğarmasining katta miqdordagi rassomçilik va grafika asarlari, arxeologiya topilmalari va amaliy san'at işlari taqdim etiluvçi bölajak “Şarq xazinasi” nomli keng miqyosli körgazma, şubhasiz, Özbekiston-Rossiya munosabatlarida hamda Moskva madaniy hayotida timsoliy voqeaga aylanadi.

Xabarda aytilişiça, suhbat davomida özaro manfaatli bölgan boşqa masalalar ham körib çiqilgan.

Uçraşuvda Rossiya elçisi Vladimir Tyurdenev, GHDJ ijroçi direktori Anatoliy Iksanov iştirok etdi.