Armaniston prezidenti va oliy boş qömondoni Serj Sargsyan "Iskander" majmualaridan foydalaniş ehtimoli mavjudligini inkor etmasligini bildirdi.
"Agar zaruriyat tuğilsa bugunoq Armaniston oliy boş qömondoni kiprik qoqmasdan "Iskander" majmualaridan foydalaniş haqida buyruq beradi. Buni qöşni davlatdagilar ham juda yaxşi tuşunib turişibdi", — dedi Sargsyan tan olinmagan Toğli Qoraboğ Respublikasidagi harbiy xizmatçilar va ularning oilalari oldida çiqiş qilar ekan.
Prezident ötgan yilning aprelida Toğli Qoraboğdagi nizo keskinlaşgandan söng yuz bergan harbiy töqnaşuvlarni eslatdi. Bu holatda, prezidentning sözlariga köra, arman harbiy xizmatçilari yovni uloqtirib taşlaşga muvaffaq bölgan. "Biz ularning rejalarini barbod qildik, axborot uruşda ham yengdik", — dedi Sargsyan, ötgan davr içida çegaralar mustahkamlanib, qöşinlarga yangi qurol berilganini qöşimça qilar ekan.
"Bugun bizning uruş istayotgan qöşnimiz hududidagi barça yönalişlar böyiça, eng muhim infratuzilmalargaça öta zamonaviy va qaqşatkiç zarba beruvçi kuçlar yönaltirilgan", — degan prezident.
2016 yilning aprel oyi boşlarida Armaniston va Ozarboyjon Qoraboğ nizosi hududida vaziyatning keskinlaşgani haqida bayonot berib, 5 aprelga kelib öt oçişni töxtatişga erişgan edilar. Lekin Boku va Yerevan hanuzgaça öq uzişlar davom etayotgani xususida bir-birini ayblab keladi.
Qoraboğ nizosi 1988 yilning fevralida Toğli Qoraboğ muxtor viloyati Ozarboyjon tarkibidan çiqişni e'lon qilganidan söng boşlangan. 1991 yilning sentabrida Toğli Qoraboğ muxtor viloyati markazi Stepanakertda Toğli Qoraboğ Respublikasi tuzilgani e'lon qilingan. 1992 yildan buyon YeXHTning Minsk guruhi doirasida mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş borasida muzokaralar olib borilmoqda. Ozarboyjon öz hududiy yaxlitligini saqlab qoliş uçun kuraşmoqda, Armaniston esa asosiy aholisi armanlar bölgan tan olinmagan respublika manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.

















