Orol dengizini töliq qayta tiklaş imkoni yöqligi tobora ayon bölib borayotgani, 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bölgani, undan 100 million tonna çang va zaharli tuzlar kötarilib, kuçli şamollar qanotida qum böronlari mazkur hududdan ança olis mintaqalarga tarqalayotgan bir şaroitda Orol mintaqasida daraxtzorlar taşkil etiş öta dolzarb masaladir.
Orol hududida 2-3 yil içida millionlab köçatlar yetiştiriş mumkin. Öşa yerda östirilgan köçatlar şu yerning şaroitiga moslaşib, Orol hududining barça yerida ösaveradi.
Avvalo, Farğonada bajariladigan işlar loyihasi bilan tanişsak. Buning uçun fermer xöjaliklari yerlari atrofidagi terak, tol kabi daraxtlarning surx novdalarini aprel oyigaça kesmay turiş lozim. Mart oyida fermerlar yeri atrofidagi qalamçabop surx navdalarini kesib olib keliş, ulardan köçatbop qalamçalar tayyorlaş kerak böladi. Tayyorlangan qalamçalarni 100 tadan boğlab, qoplarga joylaş va 3 kundan keçiktirmay Nukusga jönatiş, bundan taşqari, oktabr, fevral yoki mart oylarida Jöqori Kengeşga 2 kişini rasmiy xat bilan yuboriş kerak. Çunki ekiladigan maydonlarni aniqlab keliş zarur böladi.

Nukusda bajariladigan işlarni quyidagilar taşkil etadi:
1. Oktyabr, noyabr oylarida köçat ekiladigan maydonlarni aniqlaş, mahalliy öğit soliş, yerni şudgorlab, bir ikki marta yaxob beriş;
2. Tayyorlangan maydonlarga neçta köçat (qalamça) ekiş mumkinligi haqida Farğonaga xabar beriş.
IZOH: 1 sotixga 800 tadan 1000 tagaça qalamça ekiladi.
3. Yuborilgan köçatlarni 2-3 kundan keçiktirmay ekiş (ekiş agrotexnikasini bilib oliş).
4. Köçatlarni parvarişlaş uçun mas'ul şaxslarni belgilaş.
Loyihaning dolzarbligi şundan iboratki, Respublikamizning Birinçi Prezidenti Islom Karimov Orolni qutqariş xalqaro jamğarma raisi sifatida Orol dengizi qurişi oqibatlari insoniyat xavfsizligiga tahdid solayotganligini 1993 yilda BMT Boş Assambleyasining 68-sessiyasida taşviş bilan aytgan edi. Prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev ham 2017 yilning yanvar oyida Orol hududida köplab köçatlar ekiş lozimligini ta'kidladi.

















