Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov va rossiyalik komik aktyor Mixail Galustyan Rossiyada efirga uzatiluvçi KVN (Quvnoqlar va zukkolar) hajviy dasturini "siyosiy qurol" deb atagan NATOga videojavob tayyorlaşdi.
"NATOda rossiyalik qiziqçilar özlarining içakuzdi hazillari va ajoyib parodiyalari bilan NATÖga xavf solişi mumkinligi aytildi. Men rasman aytaman, bu iğvogarlik va men buni şunday qoldirmayman, men eng yuqori boşliqqaça boraman", deb aytgan Qodirov qiyofasidagi Galustyan.
Videoda keyingi kadrda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni parodiya qiluvçi qiziqçi Dmitriy Graçev paydo böladi. "Heç qayerga boriş şartmas. Men ham buni ahmoqona gap deb hisoblayman. Men eng yuqori boşliqqaça borişga şaxsan va'da beraman", deb aytadi Putin qiyofasidagi komik. Şunda vaziyatga Ramzan Qodirovning şaxsan özi aralaşadi.
"Janob qiziqçilar, tinçlaning, men özim keldim va özim eng yuqori boşliqqaça boraman", deb aytadi Qodirov va şundan keyin örtada kulgi kötariladi.
Uşbu video Qodirovning Instagram’dagi sahifasida paydo bölgan.
Eslatib ötamiz, NATO mutaxassislari KVN dasturini "Kremlning siyosiy quroli" deb ataşgandi. Ular KVN’ning tomoşabinlar fikrlarini şakllantirişdagi rolini örganib, bu köngiloçar dastur ğarb qadriyatlarini obrösizlantirib, taşviqot va boşqarişning samarali unsuri sifatida qöllanişi mumkinligi haqidagi xulosaga kelişgan.

















