Abu-Dabi federal apellyatsiya sudi BAA fuqarosini öz davlati va uning milliy ramzlarini internetda haqorat qilgani uçun 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda Gulf News naşri.
Şuningdek, ayblanuvçi "Musulmon birodarlar" terrorçilik taşkiloti bilan boğliq "Al-Isloh" harakati bilan aloqa qöllab-quvvatlaşda aybdor deb topilgan.
Ayblanuvçi internetda BAAning taşqi siyosati va davlat ramzlari haqorat qilingan suratlar va maqolalar çop etilgan akkauntlar va veb-saytlar yaratgan.
29 mart kuni sud BAAning yana bir fuqarosini BAAda siyosiy partiya taşkil qiliş va davlat töntaruvi amalga oşiriş çaqiriği uçun 10 yillik qamoq jazosi va 3 mln dollarlik jarimaga sirtdan mahkum qildi. Ayblanuvçi öz saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida öz "siyosiy partiyasini" ilgari suruvçi va BAAni haqoratlovçi maqolalar joylaştirgan.
BAAning kiberjinoyatlar haqidagi qonunida umrbod ozodlikdan mahrum qilişgaça bölgan jazolar közda tutilgan.

















