Özbekistonda “Özbekipaksanoat” uyuşmasi taşkil etilmoqda. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Özbekipaksanoat” uyuşmasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorga imzo çekdi.
Qarorga muvofiq tijorat banklari iştirokida ta'sis etiladigan, öziga ma'lum xöjalik zonalari biriktiriladigan, hududlarda pillaçilik tarmoği korxonalari faoliyatini muvofiqlaştiradigan beşta mintaqaviy jamiyatdan iborat “Özbekipaksanoat” uyuşmasi taşkil etilmoqda.
Şu bilan bir qatorda hududiy va tuman “Agropilla” korxonalarini taşkil etiş, ular zimmasiga sifatli ipak qurti uruğini pillaçilik bilan şuğullanuvçi kasanaçilar va taşkilotlarga tarqatiş, ipak qurtini parvarişlaş va pilla yetiştiriş böyiça konsultatsiya xizmatlari körsatiş, pilla yetiştiriş jarayonini monitoring qiliş, pillani yiğiş va tayyorlaşni amalga oşiriş kabi vazifalarni yuklaş közda tutilmoqda.
“Özbekipaksanoat” uyuşmasi faoliyatining asosiy vazifa va yönalişlari sifatida tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlaş uçun suğoriladigan yer maydonlarini taqdim etiş böyiça tegişli mahalliy davlat boşqaruvi va ijro hokimiyati organlari bilan samarali hamkorlikni ta'minlaş, tut plantatsiyalari qoşida va tut oralarida ikkilamçi faoliyatni, jumladan, sabzavotçilik, çorvaçilik, parrandaçilikni yölga qöyiş hamda yetiştirilgan mahsulotlarni içki va taşqi bozorda sotiş belgilangan.
Qarorda sifatli ipak qurti uruği va pilla xomaşyosi yetiştiriş, unga birlamçi işlov beriş, ipak işlab çiqarişning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qiliş orqali pillani çuqur qayta işlaşni yölga qöyiş, pillaçilik tarmoğini rivojlantirişga doir dasturiy çora-tadbirlarni amalga oşiriş, tizimli yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izçil amalga oşiriş, sohani har tomonlama qöllab-quvvatlaş va me'yoriy-huquqiy bazani takomillaştiriş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
2017-2021 yillarda pillaçilik tarmoğini kompleks rivojlantiriş böyiça dasturiy çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş maqsadida qarorga muvofiq pillaga birlamçi işlov beriş tizimini takomillaştiriş, sifat menejmentining zamonaviy usullari, tayyor mahsulotning xaridorgir turlari va dizaynini keng joriy etiş, uni xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlaştiriş va standartlaştiriş, oliy ta'lim muassasalarida pillaçilik tarmoği uçun kadrlar tayyorlaş böyiça takliflar işlab çiqiş uçun Işçi guruh tuzildi.
Jahon tajribasi körsatganidek, pilla yetiştiriş öziga xos faoliyat turi bölib, unda muvaffaqiyatga erişiş tarmoqda mehnat qilayotgan işçilar tajribasi va moddiy manfaatdorligiga boğliq.
Qarorda pillaçilik sohasi korxonalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş, modernizatsiya qiliş, ozuqa bazasini va pilla yetiştirişni köpaytiriş, pillani qayta işlaş va tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni keng yölga qöyiş maqsadida 2023 yil 1 yanvargaça korxonalar yagona soliq, yagona ijtimoiy tölov va bojxona tölovlari (bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari)dan ozod qilinişi, kasanaçilarning jismoniy şaxslarga hisoblanadigan daromad soliğidan ozod qilinişi, şuningdek, pilla boquvçilar va kasanaçilarning pilla mavsumidagi davrda bajargan işlari ularga pensiya ta'minlaşda bir yillik iş staji deb hisoblanişi alohida belgilab qöyilgan.












