
Bir qaraşda oddiygina savol, töğrimi? Kundalik rözğor ehtiyoji uçun eng köp işlatiladigan sabzavotlardan biri bölgan kartoşkaning narxi bir oy içida keskin kötarilib ketdi. Aholi hayron.
Sarlavhadagi savolga javob izlaş uçun aynan qişloq xöjaligi sohasidagi mutasaddi taşkilotlar, bozorlar va oziq-ovqat uyuşmalariga murojaat qiliş zarur ekanligi aniq. Axir, bu borada xalq ta'limi yoki moliya sohasidagi mutasaddilarga çiqilmaydi-ku?
Vaholanki, aynan bu savolga aholini qoniqtiradigan ikki xil oddiy javob oliş mumkin edi:
1. Ötgan yili kartoşka hosili yaxşi bölmadi. Zaxira kerakli miqdorda qilinmadi. Ayni paytda qöşni davlatlardan bozorni töldiriş maqsadida şunça tonna kartoşka olib kelinmoqda. Yuzaga kelgan muammolardan kelib çiqib, çoralar köriladi.
2. Sizga şuni ma'lum qilamizki, ötgan yili yurtimizda N tonnada kartoşka yetiştirildi. Aholi ehtiyojini qoplaş uçun N tonnadagi kartoşka mahsuloti çet eldan keltiriladi. Şundan kelib çiqib, joriy yilda viloyatlarda kartoşka yetiştiriş uçun N gektar qöşimça yer maydoni ajratilib, kelgusi yilda muammolarga duç kelinmasligi uçun iş olib borilmoqda.
Viloyatlar bilan boğlanganimizda uşbu mahsulot narxi Xorazmda – 3500 sömdan 4000 sömgaça, Qarşida 3500- 3800 söm, Farğona, Andijon va Namanganda 3500-4000 söm ekanligini aytişdi. Narxlar deyarli bir xil.
Biz muammoga oydinlik kiritiş maqsadida tegişli idoralarga murojaat qilganimizda, mutasaddilar javob beriş örniga taysallaşgani ğalati böldi. Biz aybdorni emas, savolga javob izlayotganimizni aytganimizda ham bir xil muomala.
Sayt muxbiri Qişloq va suv xöjaligi vazirligiga kartoşkaning qimmatlaşgani böyiça murojaat qilganida, dastavval idora bilan boğlanişning iloji bölmadi. Uç kun davom etgan urinişdan söng, vazirlik bilan boğlanişga muvaffaq bölindi. Şunda ham savolga esa töliq javob olinmadi.
Ismini aytib, familiyasini aytişni xohlamagan Jamoliddin ismli vazirlik xodimi istar-istamay: "2016 yilda Respublikada 2 958 300 tonnadan ortiq kartoşka yetiştirilgan. Hozirgi kunda dehqon bozorlaridagi "Elga xizmat" peştaxtalarida kartoşka va sabzavotlar arzon narxlarda sotilmoqda. Aprel oyining boşlarida bozorlarga Surxondaryo viloyatida yetiştirilgan ertaki kartoşkalar çiqişi kutilmoqda" deya javob qaytardi.












