20-asrning yirik fizik olimi Albert Eynşteynning fizika öqituvçisi Artur L. Konversga yozgan maktubi kim oşdi savdosida 53,503 AQŞ dollariga baholandi. Uning boşlanğiç narxi 15 ming dollar etib belgilangan edi. Maktubni xarid qilgan kişining şaxsiga oydinlik kiritilmagan. Savdo natijasi haqida The Washington Times naşri yozmoqda. 

Kim oşdi savdosini ötkazgan firma vakilining sözlariga köra, maktub köp yillar mobaynida Konvers oilasida saqlangan. Maktub mazmunidan xulosa qiliş mumkinki, u Konversning savollariga javoblardan iborat bölib, ehtimollar nazariyasiga va tajribalar ötkazişga doir bölgan. Xususan, unda tajribalar natijasini elektr statik nazariya vositasida isbotlaş mumkinligi haqida söz boradi. Ehtimol, tajriba amalda ötkazilmagan balki xayoliy bölişi mumkin. 

Konvers savollari yozuv maşinasida, Eynşteyn javoblari qölda yozilgan. Maktubda bir neçta diagrammalar ham bor.