Xalqaro olimpiya qömitasi rasmiy saytida çiqqan ma'lumotga köra, Pekin-2008 olimpiadasida yurtimiz şarafini himoya qilgan va erkin kuraş musobaqasida oltin medalni qölga kiritgan Artur Taymazovning erişgan natijasi bekor qilingan.

Taymazov bu xabarga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat bildirdi. 

“Olimpiya çempioni böliş bolalikdan orzuim bölib kelgan. Men bunga butun umrimni bağişladim, soğliğimni “gilamda qoldirdim”. Har doim öz medallarimni halol kuraşda yutib kelganman. Heç qaçon taqiqlangan preparatlarni qabul qilmaganman. 16 yil davomida har yili doping-namunalar topşirdim va biron marta ular ijobiy natija bermadi.

Çempion bölganingda öz millating, xalqing nomini tarixga oltin harflar bilan yozib qöyasan. Bu damlarda mas'uliyatni özgaça tuşuna boşlaysan: sen nafaqat bitta özingga, balki sen orqali butun xalqingga ham qarab turişlarini sezasan. Xato, boz ustiga, qandaydir nohaq harakatlar qilişga haqqing yöq. Özim uçun, şuningdek, menga işongan, muxlislik qilgan, har kunlik mehnatimni körganlar uçun men har doim uç karra Olimpiya çempioni bölib qolaveraman. Oilam, yaqinlarim va döstlarim mening ğalabam bilan birga yaşaşdi, bu menga har doim kuç bergan va olğa intilişga yordam bergan. 

Men MOQning qaroriga nisbatan norozilik bildiraman.

Bugun men barça qöllab-quvvatlaganlar va mening halol mehnatimga şubha qilmaganlarga minnatdorlik bildiraman. Rahmat!”, - deya yozdi Taymazov.  

Eslatib ötamiz, Pekin olimpiadasida yurtimiz qölga kiritgan yagona oltin medalni aynan Artur Taymazov olib bergan edi.