Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan maqbarani qurish loyihasi ishlab chiqildi (foto)
Surat: fb.com/lola.karimova.tillyaeva
O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, yurtimizning Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida Prezident Islom Karimov dafn etilgan maskanda yodgorlik majmuasi barpo etilishiga oid qaror qabul qilindi. Lola Karimova-Tillyayeva o‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasida Respublika komissiyasi hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Bosh boshqarmasi tomonidan Prezident Islom Karimov dafn etilgan Hazrat Xizr masjidi majmuasi hududida maqbara qurish loyihasi ishlab chiqilgani haqida ma'lum qildi.
Ayni damda O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan mazkur loyihani YuNeSKOning Butunjahon merosi markazi va IKOMOS (Yodgorlik va me'moriy obidalarni saqlash Xalqaro kengash) bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Lola Karimova-Tillyayevaning qayd etishicha, Butunjahon merosi markazi va IKOMOS tashkilotlari yodgorlik obidasini qurish loyihasi bilan tanishib chiqqan. Mazkur xalqaro tashkilotlarining mutaxassislari 2016 yilning dekabr oyida Hazrat Xizr masjidiga tashrif buyurib, qurilish ishlarini YuNeSKO mezonlariga muvofiq holda, ya'ni Butunjahon merosi obektining tarixiy ko‘rinishini saqlab qolgan holda amalga oshirish borasidagi tavsiyalarini O‘zbekistonga yo‘llagan.
Shuningdek, mazkur fotolavha orqali maqbaraning kelajakdagi ko‘rinishiga oid suratlarni ko‘rishingiz mumkin.






Suratlar: fb.com/lola.karimova.tillyaeva
Mavzuga oid
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025