Meksikada asosan jinoiy guruhlar harakatlari oqibatida bedarak yöqolganlar soni 2016 yil oxiriga kelib deyarli 30 ming kişini taşkil qildi. Bu haqda Meksikaning inson huquqlari böyiça milliy komissiyasi ma'lum qildi.  

2013 yil oxirida bu körsatkiç 26 ming kişini taşkil qilgandi.

"Öğirlanganlar yoki bedarak yöqolganlarning milliy röyxatida 2016 yil oktabr holatiga köra, 29,9 ming holat ma'lum qilingan. Ulardan 82,71 foizi 11 ştatga töğri kelmoqda", deyilgan komissiyaning tvitterdagi xabarida. 

Odamlarning eng köp miqdorda bedarak yöqolişi Tamaulipas ştatida qayd qilingan. Bu ştat AQŞga yaqinligi sababli zöravonlik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Hozirda bu ştatda 5,5 mingdan köproq odam bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Odamlar yöqolişi böyiça 2- va 3-örinni Mexiko (2,9 mingdan köproq) va Xalisko (2,5 mingdan köproq) ştatlari egallamoqda.

Komissiya, şuningdek, oxirgi 10 yil içida mamlakatda 855 ta yaşirin qabr aniqlangani va u yerdan 1,5 ming kişining suyaklari çiqarib olinganini ma'lum qildi. Jasadlardan 800 nafarining kimga tegişli ekani aniqlangan.