"Soyuz-MS" kemasi ekipajining Qozoğistonga qönişini 200 ga yaqin qutqaruvçi ta'minlaydi. Qöniş 10 aprelga rejalaştirilgan. 

Bundan taşqari, Sverdlovsk va Çelyabinsk viloyatlaridan fazogirlarning qöniş joyiga harbiy aviatsiya va qidiruv-evakuatsiya amfibiyalari yetkazilgan. Jumladan, gap 14 ta Mi-8 vertolyoti, 3 ta An-26 va 2 ta An-12 samolyoti, 20 ta avtotexnika vositasining jalb qilinişi haqida bormoqda, deb xabar berdi "Interfaks" axborot agentligi. 

"Soyuz-MS-02" boşqariluvçi kapsulasi ekipaji Jyezqazğan şahridan janubroqqa qönişi kutilmoqda. Yerga Xalqaro koinot stansiyasidan uç fazogir – kema sardori Sergey Ryjikov, bortmuhandis Andrey Borisenko va NASA fazogiri Robert Şeyn Kimbrou qaytadilar.