Boeing kompaniyasi Norvegiyaning Norsk Titanium AS korxonasi samolyot qismlarini işlab çiqariş bilan şuğullanişini ma'lum qildi. Işlab çiqariş jarayoni Norvegiyada boşlanadi. Joriy yil yakuniga qadar esa – Nyu-York ştatining Plattsburgidagi korxonada davom ettiriladi.
Ayni damda Norsk va Boeing texnologiya tasdiqlanişini kutmoqda: sertifikatlaştiriş AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi tomonidan ötkaziladi.
Ma'lumotlarga köra, Boeing Dreamliner’ning ba'zi bir qismlari esa 3D-bosma yordamida tayyorlanadi.
Yangi texnologiya Boeing Dreamliner 787 avialaynerining har birini quriş jarayonida 2-3 million dollar atrofida mablağ iqtisod qiliş imkonini beradi.

















