11 yanvar kuni Dubaydan uçib kelgandan söng, reysdan olingan Özbekistonning birinçi Boeing 787-8 Dreamliner (UK-78701) havo kemasi Amsterdamda körikdan ötib qaytdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Özbekiston havo yöllari» 2016 yildan buyon GEnx-1B dvigatellari bilan jihozlangan Boeing-787 samolyotlaridan foydalanib keladi. Parvoz xavfsizligini ta'minlaş maqsadida Boeing-787 samolyotlari samolyot va uning dvigatelini işlab çiqaruvçilar bilan uzviy hamkorlikda tekşiruvdan ötkaziladi.
«2019 yilning 11 yanvar kuni navbatdagi parvozdan qaytgan Drimlayner mutaxassislar tavsiyasiga köra, reysdan olindi hamda 4 fevral kuni Amsterdamga olib borildi», — deydi muxbir bilan gaplaşgan manba.
Ma'lum qilinişiça, samolyot dvigatellarini rejali modifikatsiya qiliş uçun (Upgrade) Boeing 787 uçoği Niderlandiya poytaxtiga jönatilgandi.
Samolyotlar bilan kuzatilayotgan şubhali hodisalarga oydinlik kiritiş maqsadida Uzbekistan Airways tomonidan Boeing va General Electric kompaniyalari vakillari iştirokida brifing taşkil etilişi aytilgandi. Ammo brifing hali taşkil etilmadi. Dreamliner'larning işdan çiqqani borasida Uzbekistan Airways hozirça rasman izoh bermay kelmoqda.

















