Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Içki işlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta'minlaşda ularning mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi. Hujjat matniga şarh ÖzA tomonidan keltirilgan.

Içki işlar organlari aholining tinç va farovon hayot keçirişini ta'minlaş, jinoyatçilik va boşqa huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş, jamoat tartibini saqlaş, şuningdek boşqa hayotiy muhim vazifalarni amalga oşirişda alohida örin egallaydi. Mustaqillik yillarida içki işlar organlarini jazolovçi, nazorat qiluvçi organdan xalq, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiladigan tuzilmaga aylantiriş böyiça samarali işlar amalga oşirildi. 

Ötgan davr mobaynida olib borilgan tizimli çora-tadbirlar yakuni böyiça jinoyatlar va boşqa huquqbuzarliklarning oldini oliş va profilaktikasi, jamoat tartibini saqlaş va aholi xavfsizligini ta'minlaş, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida muayyan natijalarga erişildi. Içki işlar organlari faoliyatining asosiy sohalarini huquqiy jihatdan tartibga solişga yönaltirilgan “Voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi töğrisida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi qonunlar qabul qilindi. 

Uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida içki işlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlaş, ularning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini qonun darajasida belgilaş, içki işlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilişni yanada kuçaytiriş maqsadida ötgan yilning sentabr oyida “Içki işlar organlari töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. 

Biroq, mazkur Qonun talablarini amaliyotga joriy etiş imkoniyatlari, şuningdek fuqarolarning içki işlar organlari faoliyatiga doir murojaatlarini örganiş sohada hamon öz yeçimini kutayotgan köplab muammo va masalalar mavjudligini körsatmoqda. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tuşayotgan murojaatlar tahlili içki işlar organlari faoliyatini tanqidiy qayta körib çiqiş va tubdan takomillaştiriş zarurligidan dalolat bermoqda. 

Milliy va xorijiy tajriba şuni körsatadiki, jinoyat va boşqa huquqbuzarliklar uçun javobgarlikni kuçaytiriş, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşirişda texnika vositalaridan foydalaniş, huquqbuzarlikni sodir etgan şaxs ustidan nazoratni kuçaytiriş kabi an'anaviy çora-tadbirlar jinoyatçilik darajasini kamaytirişda har doim ham kutilgan natijalarni bermayapti. Bu esa, öz navbatida, huquqbuzarliklar profilaktikasida yangi iş uslublarini qöllaş, aholi va jamoatçilik bilan yaqin muloqotni yölga qöyiş, içki işlar organlari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini örnatiş, şuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş lozimligini körsatmoqda.