Dayjyest: O‘zbekiston hukumatiga qo‘yilgan shart, Qo‘qondagi boshboshdoqliklar, Putinning navbatdagi intervyusi
Yakunlanib borayotgan 12 aprel O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
O‘zbekiston
Prezident Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari, ijtimoiy obektlarga tashrif buyurdi. U, shuningdek, "Algoritm" zavodi hududidagi qo‘shma korxonasiga ham tashrif buyurdi.
Boshqa shahardan kelganlar Toshkentdan ko‘chmas mulk sotib olishi va propiskaga o‘tishi mumkin
Advokatura tizimida qanday o‘zgarishlar yuz bermoqda?
O‘zbekistonda qator import mahsulotlari uchun aksiz soliqlari bekor qilindi
Jizzax viloyati Do‘stlik tumaniga yangi hokim tayinlandi. Shuningdek, viloyat hokimligi rahbariyati tarkibida ham o‘zgarishlar yuz berdi.
Namangan shahrida markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi
Bo‘ritosh Mustafoyev vafot etdi
Rahmat Oqilov fevral oyida O‘zbekiston tomonidan qidiruvga berilgandi
10 yillik diydor: flamingolar Qoraqalpog‘istonga qaytdi
Tanqid va tahlil
Gaz ta'minotidagi xo‘jasizlik va boshboshdoqliklar: Nishonda yana Qo‘qon
Rossiya neft quvurlarida Toshkentga va'da qilingan neft uchun joy topa olishmadimi?
“O‘zavtosanoat” faoliyatining tanqidiy tahlili
«Favqulodda holat». Hukumatga 10 kun muhlat berildi
«Yozib olingan jonli efirlar», «Turg‘izib qo‘yilgan boshlovchi» va televideniyedagi boshqa o‘zgarishlar
Jahon
Turkiya: Suriyaning Idlibida zarin kimyoviy moddasi qo‘llangani tasdiqlandi
Donald Tramp AQShning Suriyaga kirmasligini aytdi. U, shuningdek, mamlakat prezidentini Rossiya ko‘mak berayotgan "hayvon"ga qiyosladi.
Atamboyev narkotrafik o‘sishida AQShni aybladi
Yevropa Ittifoqi davlatlari Brexit bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdilar
Nazarboyev yil oxirigacha lotinchadagi qozoq alifbosi ishlab chiqilishini aytdi
Insonning koinotga birinchi marta parvoz qilganiga 56 yil to‘ldi. Fotojamlanma
Alisher Usmonov davlat bilan hamkorlik qilish mumkin, ammo undan hech narsa olmaslik kerakligi haqida va o‘ziga tegishli OAVda senzuraga yo‘l qo‘ymasligi haqida gapirib o‘tdi
Putinning chiqishi
Rossiya rahbari Vladimir Putin mamlakatning "Mir" telekanaliga intervyu berdi. U mazkur suhbat vaqtida Tramp boshqaruvidagi AQShga bo‘lgan ishonch "zaiflashganini" aytib o‘tdi. Bundan tashqari, Rossiyaga kelayotgan kishilarning aksariyati o‘z oilasiga yordam berish maqsadida, ishlash uchun kelishini ta'kidladi. Putin Suriya masalasiga to‘xtalib o‘tar ekan u yerdagi xorijiy jangarilar qanchaligini ma'lum qildi. Shuningdek, Idlibda kimyoviy xuruj amalga oshirilganiga doir o‘z taxminlarini bildirdi.
Mavzuga oid
21:18 / 18.03.2020
Prezidentning xalqqa murojaati, Qirg‘izistonga kirib kelgan koronavirus, Gulnora Karimovaga yangi hukm va kunning boshqa xabarlari
21:55 / 12.03.2020
Prezidentning Xorazmga safari, xonandalarni soliqqa tortayotgan DSQ, pandemiyaga aylangan koronavirus va kunning boshqa xabarlari
21:52 / 11.03.2020
Muhokamaga sabab bo‘layotgan avto narxlari, Sandersni yenggan Bayden, Turkiyaga kirib kelgan koronavirus va kunning boshqa xabarlari
22:23 / 10.03.2020