Ota-bobolarimizning bilimga, kitobga bölgan mehr-muhabbati ona diyorimizda dunyo tamadduniga, ilmu ma'rifat rivojiga beqiyos hissa qöşgan buyuk insonlarning yetişib çiqişiga sabab bölgan. Muqaddas dinimizda xoh erkak bölsin, hox ayol – har bir insonning ilm örganişi farz bölgan. Qur'oni Karim ilk sur'asi “öqi” sözi bilan boşlanişi, “ilm” sözi unda 811 marta jaranglaşi bejiz emas. Xalqimiz azaldan bilimga saodatning kaliti, komillika yeltuvçi köprik, insonni yovuzlikdan, xurofatdan asrovçi tumor sifatida qaraşgan. Bilimli insonlar el orasida katta obro‘-e'tiborga ega bölişgan. Sohibqiron Amir Temur dunyoviy va diniy bilimlarni çuqur egallagan hukmdor böliş bilan birga ilm ahlini bağoyat qadrlagan, ularga yaqindan ğamxörlik qilgan, sahovatini ayamagan.    

Xalq orasida Amir Temur haqida bir rivoyat yuradi. Uning qöşinlari Arman zaminidan ötib ketayotganda bir monastirga duç kelişibdi. Temur qöşinlari darvozalarni oçişni talab qilibdi. Monastrdagilar bunga rozi bölişmasdan örniga katta miqdorda oltin va'da qilişibdi. Öşa paytlarda uruş qoidalariga binoan hayoti saqlab qolingan mağlub tomon ğolib tomonga omonlik soliğini tölaşgan... Monastrdagilarning taklifi Amirga ma'qul kelmapti. Ança öylanib turib kelgan elçilarga “mayli kimki omonlik istasa, öz oğirligiga teng kitob keltirsin!” deb şart qöyibdi. Monastr ahli bu talabni uzoq muhokama qilib, ölimga rozi ekanliklarini izhor qilibdilar. Bunday qarordan ta'sirlangan Temur “xalqning ma'naviy merosini öz jonidan afzal körgan el yaşaşga haqli” degan farmon bergan ekan... Bu rivoyatda arman xalqining kitobga bölgan e'tiqodi bilan birga tillodan kitobni afzal körgan, ölimga mahkum etilgan duşmanni faqat kitobsevarligi uçun ardoqlab, omonlik bergan Buyuk Amir Temirning ilm ahlini naqadar qadrlaganligi madh etilayotgan.

Buyuk bobokolonimiz qaysi mamlakatni maxf etmasin bilimli insonlarni öz himoyasiga olib, ardoqlagan, durdona kitoblarni asrab-avaylab, Samarqandga olib kelgan va jahonda tengi yöq temuriylar kutubxonasini barpo etgan. Keyinçalik Mirzo Uluğbek tomonidan yanada boyitilgan bu kutubxonaga şaxsan Hoqonning özi mudirlik qilgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning şu yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça komissiya tuziş töğrisida”gi farmoyişini öqib, bu nozik va öta muxim masalaga şaxsan davlat rahbarining e'tiborini yana bir bora his qilganday böldim. Hujjatda kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturini işlab çiqiş vazifasi qöyildi. Endi mutaxassislar yurtimizda aholi örtasida, jumladan yoşlar orasida kitobxonlik madaniyati saviyasinig pasayib ketiş sabablarini çuqur taxlil etiş asosida uni oşirişga qaratilgan aniq va puxta çora-tadbirlar belgilaşlari talab etiladi.