Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq yozuvining lotin alifbosiga ötişi töğrisida e'lon qilganidan söng bu mavzu qozoğistonliklar orasida katta muhokama va bahslarga sabab bölmoqda. Ta'kidlaş joizki, mazkur islohotning tarafdorlari ham, bunga qarşi bölayotganlar ham talaygina. Nur.kz qöşni mamlakatlarning lotin yozuviga ötişi qanday keçganiga oid maqolasini taqdim etdi.

Özbekiston
"Birinçi navbatda lotin yozuviga ötişning özbek tajribasi yodga tuşadi. Agar tarixga nazar taşlaydigan bölsak, özbeklar ötmişda turli yozuvlardan foydalanişgan. Sotsialistik inqilobga qadar Özbekiston hududida arab yozuvi qöllangan, biroq 1920-yillardayoq tilşunoslar va boşqa mutaxassislar lotin yozuviga ötişni tarğib qila boşlaşgan. 1926 yilda Bakuda bölib ötgan I turkiylar s'yezdida turkiy xalqlar lotin alifbosi - yanalifni qabul qilişgan.

Biroq 1939 yilda sovet hukumatining mustahkamlaniş çorasi sifatida kirill yozuvi asosidagi özbek alifbosini işlab çiqiş komissiyasi tuzilgan. SSSR tarqalganidan keyin, 1993 yilda Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov "Lotin grafikasiga asoslangan özbek alifbosini kiritiş töğrisida"gi qonunni imzolagan.
Dastlab yangi alifboga ötiş 2000 yilga borib yakunlanişi rejalaştirilgan edi, biroz vaqt ötgaç uning muddati 2005 yilgaça uzaytirildi, keyin esa - 2010 yilga. Biroq 2015 yilga kelib ham Özbekistonda lotin yozuviga ötiş jarayoni töliq tugallanmadi: ta'lim sohasi va qisman iş yuritiş lotin yozuviga ötkazilgan, lekin gazeta va jurnallar kirill yozuvida çiqişda davom etmoqda, 70 foizga yaqin adabiyot kirill yozuvida çop etiladi. Reklama, televideniye hamda internet tarmoqlarida ham kirill, ham lotin yozuvidan foydalaniladi. Şunday ekan, Özbekistonda kirilldan lotin yozuviga ötiş jarayoni hali öz nihoyasiga yetmagan", - deyiladi naşrda.












