Özbekiston Respublikasi Içki işlar Akademiyasida ayni paytda vazirlik tuzilmalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar uçun sirtqi bölim oçilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidentining 10 aprel kuni imzolangan «Içki işlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta'minlaşda ularning mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida nazarda tutilgan.

Özbekiston militsiyasini tub islohotlar kutmoqda

Bundan taşqari, Akademiyada kelgusi öquv mavsumida qabul kvotalari sezilarli darajada oşirilişi mumkin. Bu orqali soha vakillarining professional tayyorgarlik körişi va ta'lim olişiga imkoniyat paydo böladi.

Bunday özgarişlar Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Toşkent oliy harbiy-texnika bilim yurtida ham amalga oşiriladi. Bu öquv yurtida «Jazoni ijro etiş xizmati faoliyati», «Post-patrul xizmati faoliyati», «Qöriqlaş xizmati  faoliyati» mutaxassisliklarini öz içiga oluvçi fakultet taşkil qilinadi.

Bundan taşqari, «Kadrlar bilan işlaş faoliyati», «Içki işlar organlarining saf bölimlari boşqarmasi», «Işlab çiqariş va moliyaviy ta'minotni taşkillaştiriş» kabi fakultetlar ta'sis etiladi.

Avvalroq Özbekiston Içki işlar organlari mamlakat fuqarolarini xizmatga qabul qilişi haqida xabar berilgan edi.

Vazirlik öz safiga Toşkent şahrida doimiy röyxatda turib, istiqomat qiluvçi, örta, örta-maxsus, va oliy ma'lumotga ega bölgan, Qurolli kuçlar safida muddatli, bir oylik yoki oliy öquv yurtining harbiy kafedrasida tahsil olgan hamda içki işlar organlarida xizmat qiliş istagini bildirgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xizmatga qabul qilişini ma'lum qilgan.