Janubiy Koreyaning "Ryonxap" axborot agentligi 17 aprelda Şimoliy Koreya qurolli kuçlarning yangi turi – son jihatdan Şimoliy Koreya harbiy-havo va harbiy-dengiz kuçlaridan qolişmaydigan maxsus taktik qöşinlarni yaratganini ma'lum qildi. Pxenyanda 15 aprelda ötgan harbiy paradda uşbu qöşinlar harbiylari yuzlariga qora böyoq surtilgan va boşlarida tungi köriş moslamalari bölgan şlemlarda yurib ötişgan.

"Ryonxap" mutaxassislarining fikriça, yangi qöşinlarning vazifasi Şimoliy Koreya rahbariyatini yöq qilişga qaratilgan AQŞ va Janubiy Koreya maxsus kuçlariga qarşi turişdan iborat. Uşbu qöşinlar parad qatorida ham Vaşingtonda şunçalik katta taassurot qoldirdiki, Pentagon Koreya yarimoroliga birdaniga 3 ta aviataşuvçi kema yuborişga qaror qilgan va bunday holat birinçi marta yuz berdi. 25 aprelda "Karl Vinson" atom kemasi, keyinroq esa "Ronald Reygan" (CVN 76) va "Nimits" (CVN 68) kemalari Yapon dengiziga kirib keladi.

AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens Koreya yarimorolini ajratib turuvçi qurolsizlaştirilgan hududga kelganda Vaşingtonning Şimoliy Koreyaga nisbatan toqati tugagani aytgandi. 

Koreya yarimorolida yuqori darajadagi tarang vaziyat saqlanib qolmoqda. Amerikaliklar va uning mintaqadagi ittifoqdoşlari Şimoliy Koreya muammosini harbiy yöl bilan hal qiliş fikridan qaytmayaptilar. Pxenyan ham AQŞning zarbasini kutib ötiriş niyatida emas va maxsus kuçlarning paydo bölişi mutlaq asoslangandir. 

Dunyoning köplab armiyalarida maxsus vaziyatlarni bajaruvçi razvedka va diversion bölinmalar mavjud va Şimoliy Koreya ham bundan istisno emas.

Şimoliy Koreya maxsus qöşinlarining yaratilişi Pxenyanning katta kölamli loyihasi bölib, özga davlat hududida katta kuçlar va maxsus vositalarni umuman özgaça texnologiyalar böyiça qöllaşga möljallangan. Ya'ni AQŞ tajovuz qilsa, Şimoliy Koreya qöşinlari öz vatanidagi okoplarda berkinib ötirmay, simmetrik tarzda javob beriş, raqibning hududidagi muhim obektlarni yöq qiliş niyatida.  

Vaşington va Seul Şimoliy Koreya tomondan zarba berilişi mumkinligini vaj qilib, Janubiy Koreyada, Seuldan 300 km uzoqlikda THAAD raketalar hujumiga qarşi mudofaa tizimini joylaştirmoqda. 9 tagaça gusenitsali mobil qurilma va 72 ta urib tuşiruvçi raketadan iborat bölgan THAAD batareyasi avvalambor Pxenyanni, qolaversa Rossiya va Xitoyni ham xavotirlantirmoqda. Bir qaraganda, raketalar unça köp emasga öxşaydi, uning ta'sir qiliş doirasi 200 km dan oşmaydi, biroq bu tizim Şimoliy Koreyaning Pentagonning Janubiy Koreyadagi obektlariga javob zarbasi samarasini kamaytirişi mumkin. THAAD tizimi şuningdek kemalarga, aviatsiyaga nişon koordinatalarini berişi mumkin va mohiyatan, global RQM tizimining bir qismi hisoblanadi. Şubhasiz, bu tizim qattiq qöriqlanadi.