AQŞning Lanmodo startapi All-in-One Wireless Automatic Car Tent deb nomlangan köp vazifali qurilmani taqdim qildi. Vazifasiga köra, bu avtomobil uçun soyabon bölib, uni şuningdek çodir yoki proyektor uçun ekran sifatida qöllaş ham mumkin.
Qurilmaning asosiy vazifasi maşinani yoğingarçilikdan, ustiga oğir narsalar tuşişdan va quyoşdan himoyalaşdan iborat. Qurilma maşina tomiga katta sörğiç (prisoska) yordamida örnatiladi, şuningdek eşiklar bilan siqiş yoki oynalar korpusi yoki eşiklar uşlagiçiga ilib qöyiş mumkin bölgan mahkamlovçi tasmalar ham közda tutilgan.
Masofadan boşqariş pulti yordamida avtomatik tarzda oçiluvçi soyabonning konstruksiyasi maşinaga tegmaydi.
Soyabonni maşinadan alohida işlatiş uçun unga qöşimça ravişda yerga örnatiş elementi taklif qilinadi. Şuning evaziga u plyaj soyaboni yoki yomğirli ob-havoda tabiat qöynida vaqt ötkaziş mumkin bölgan tentga aylanadi.
Uşbu qurilmaning töliq komplekti xarid qilinganda uni katta çodirga aylantirişga yordam beruvçi qöşimça material ham qöşib beriladi. Soyabonning ustun qismida yoruğlik yoki boşqa priborlar uçun quvvatlovçi qurilmani örnatiş mumkin. Va nihoyat, soyabonni proyektor uçun ekran sifatida ham qöllaş mumkin.
Soyabonning butlanişi va yetkazilişi vaqtiga qarab narxi 200 dollardan 400 dollargaçani taşkil qiladi.

















