Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qaror oliy ta'lim tizimini tubdan takomillaştiriş, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlaşning ma'no-mazmunini tubdan qayta körib çiqiş, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlaş uçun zarur şaroitlar yaratiş maqsadida qabul qilingan. 

Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib çiqqan holda, yurtimizda oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qiliş, unga öqitişning zamonaviy şakl va texnologiyalarini joriy etiş, mutaxassislar tayyorlaş böyiça ixtisoslik yönalişlarini takomillaştiriş borasida katta işlar qilindi. 

Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktabrdagi farmoyişi asosida tuzilgan işçi guruh tomonidan oliy ta'lim tizimidagi mavjud holatni örganiş natijalari şuni körsatmoqdaki, qator oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta'lim jarayonining öquv-metodik va axborot ta'minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnik baza tizimli ravişda yangilanişga muhtoj. Oliy ta'lim tizimida öquv jarayoniga ilğor xalqaro tajribani keng joriy etiş, yetakçi xorijiy turdoş ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oşiriş borasidagi işlar talab darajasida olib borilmayapti. 

Qabul qilingan qarorga köra, quyidagilar oliy ta'lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirişning eng muhim vazifalari etib belgilandi: 

har bir oliy ta'lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakçi turdoş ilmiy-ta'lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yölga qöyiş, öquv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta'lim dasturlari va öquv-metodik materiallarni keng joriy etiş, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali çet el öqituvçilari va olimlarini jalb etiş; 

oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlaşning maqsadli mezonlarini şakllantiriş, oliy ta'lim muassasalaridagi ixtisoslik yönalişlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar böyiça joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettiriş istiqbollarini inobatga olgan holda optimallaştiriş; 

yangi avlod öquv qöllanmalarini yaratiş va oliy ta'lim tizimiga keng tatbiq etiş, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy öquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlaş, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib oliş va tarjima qiliş negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab boriş;